Surxondaryoda kartoshka niqobida gashish kontrabandasi to‘xtatildi

Surxondaryoda kartoshka niqobida gashish kontrabandasi to‘xtatildi

Surxondaryoda kartoshka niqobida gashish kontrabandasi to‘xtatildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida qishloq xo‘jaligi mahsuloti sifatida niqoblangan narkotik moddalar kontrabandasini olib kirishga urinish bartaraf etildi.

2001 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi MAN rusumli yuk avtomobili Afg‘onistondan «Termiz — avtomobil» xalqaro nazorat-o‘tkazish punkti orqali kirib kelgan va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari hamda bojxona organlari xodimlari tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Natijada, avtomashina yukxonasida kartoshka mahsulotlari borligi maʼlum bo‘ldi. Ushbu qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sinchkovlik bilan tekshirilganda esa, ularning orasiga xuddi kartoshka ko‘rinishida yasalgan 222 dona bo‘lakdan iborat, jami 72 kg 300 gr “gashish” moddasi yashirilganligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, ushbu katta miqdordagi giyohvandlik vositalari Rossiya Federatsiyasiga olib ketilayotgan bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling