Surxondaryoda beshta qadimiy tangalarni noqonuniy olib kirishga urinishning oldi olindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida yo'lovchilardan biri 5 dona qadimiy tangalarni yashrincha olib chiqishga uringan vaqtida to'xtatib qolindi.
Badiiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, kumushdan ishlangan mazkur tangalar XVI-asrga mansub bo'lib, Buxoro xonligi davrida zarb etilgan.
Tangalar Termiz arxeologiya muzeyiga topshirildi. Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, yaratilganiga 50 yil va undan ortiq vaqt o‘tgan madaniy boyliklarni, shu jumladan numizmatika ashyolarini mamlakatdan olib chiqish taqiqlanadi.