O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Surxondaryo viloyatidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi yong‘in tezda bartaraf etildi

UzDaily · 13.08.2025 · 16:35 · 491 views
Surxondaryo viloyatidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi yong‘in tezda bartaraf etildi

Surxondaryo viloyatidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi yong‘in tezda bartaraf etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 13-avgust soat 12:58 da Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumani, “Oqqo‘rg‘on” MFY Jarqishloq hududida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi hududida yoqilg‘i tashuvchi avtosisternadan yoqilg‘i saqlash rezervuarga yoqilg‘i to‘kish vaqtida texnologik jarayonni buzilishi natijasida chaqnash ro‘y berib, yong‘in kelib chiqqanligi to‘g‘risida FVBga xabar qilingan.

Voqea joyiga 8 ta yong‘in-qutqaruv guruhi soat 13:07 da yetib keldi. Soat 13:08 da yong‘in mahalliylashtirildi, 13:16 da to‘liq o‘chirildi.

Hozirda hodisa sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. Voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat va tuman boshqarmalari rahbarlari ishlamoqda.

UzDaily · 👁 491 views · 13.08.2025 · 16:35