Valyuta kurslari 25/09/2025
$1 – 12219.08
UZS – 0,39%
€1 – 14379.41
UZS – 0,11%
₽1 – 145.97
UZS – 0,03%
Qidirish
Surxondaryo viloyatida voyaga yetmagan qizni erta turmushga berish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyatida voyaga yetmagan qizni erta turmushga berish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyatida voyaga yetmagan qizni erta turmushga berish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Surxondaryo viloyatida voyaga yetmagan qizning turmushga chiqishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Aniqlanishicha, 2025-yil 8-iyul kuni Denov tumanida yashovchi M.R. (1958-yilda tug’ilgan ayol) voyaga yetmagan nabirasi A.R. (2009-yilda tug‘ilgan qiz)ni mazkur tumanda yashovchi M.R. (1997-yilda tug‘ilgan erkak)ga turmushga berish marosimini tashkil qilgan. A.R voyaga yetmaganligi sababli M.R. bilan nikoh qonunda ko‘rsatilgan tartibda qayd etilmagan bo‘lsada, fuqaro I.M (1950 yilda tug‘ilgan erkak) moddiy manfaat evaziga ularga shar’iy nikoh marosimini o‘tkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 22.09.2025 yilda fuqaro I.M ga nisbatan JKning 125-1-moddasi, fuqaro M.R ga nisbatan esa JKning 128-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari Denov tuman IIB huzuridagi TB tomonidan olib borilmoqda.

Bolalar ombudsmani voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq har qanday erta nikoh holatlarini qoralaydi va bunday holat bola huquqlarini jiddiy buzilishi hisoblanishi hamda qonunda belgilangan tegishli  ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini eslatib oʻtadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling