Valyuta kurslari 12/11/2025
$1 – 11990.00
UZS – -0,21%
€1 – 13866.44
UZS – -0,24%
₽1 – 147.55
UZS – -0,51%
Qidirish
Surxondaryo viloyati hokimi Sankt-Peterburg delegatsiyasini qabul qildi

Surxondaryo viloyati hokimi Sankt-Peterburg delegatsiyasini qabul qildi

Surxondaryo viloyati hokimi Sankt-Peterburg delegatsiyasini qabul qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi do‘stona va o‘zaro manfaatli munosabatlarni izchil rivojlantirish, xususan, tashqi aloqalar hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish yo‘nalishida hududlararo amaliy muloqotlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur vazifalar doirasida Sankt-Peterburg shahri Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Yevgeniy Kassyura boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xorijda fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini tizimli himoya qilish, ularni qonuniy asoslarda ish bilan ta’minlash masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv yakunida qonuniy va xavfsiz mehnat migratsiyasini ta’minlash, shu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada kengaytirishga doir amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling