Valyuta kurslari 11/11/2025
$1 – 12014.94
UZS – -0,38%
€1 – 13900.08
UZS – -0,12%
₽1 – 148.31
UZS – -0,38%
Qidirish
Surxondaryo va Fors viloyatlari turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirmoqda

Surxondaryo va Fors viloyatlari turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirmoqda

Surxondaryo va Fors viloyatlari turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Surxondaryo viloyatida Eron Islom Respublikasining Fors viloyati hokimi Xosseyn Ali Amiriy boshchiligidagi delegatsiyasi bilan kengaytirilgan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Fors viloyati Eronning eng yirik va iqtisodiy jihatdan faol hududlaridan biri bo‘lib, mamlakatning qadimiy madaniy markazlaridan hisoblanadi. Viloyat nafaqat qishloq xo‘jaligi, sanoat, balki hunarmandchilik va turizm sohalarida keng salohiyatga ega.

Viloyatda 7 ta aeroport mavjud, shundan 3tasi xalqaro aeroport. Shuningdek, Fors ko‘rfaziga yaqin hududda joylashgani sababli, Qatar, BAA, Quvayt va boshqa davlatlar bilan turizm aloqalarni yo‘lga qo‘yishda muhim geoiqtisodiy ahamiyat kasb etadi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Fors viloyati hokimi Xosseyn Ali Amiriy boshchiligida ikki tomonlama delegatsiyalar ishtirokida kengaytirilgan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Viloyatlarda turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar ishtirokida alohida B2B uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Oliy diniy rahbari Oyatulloh Said Ali Xomaniy hamda Prezident Masud Pezeshkiyonning siyosiy irodasi, o‘zaro do‘stona muloqotlari tufayli yangi, strategik bosqichga ko‘tarilgani alohida qayd etildi.

Tomonlar bu jarayonda hududlararo hamkorlikni mustahkamlab, turizm, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy va gumanitar sohalarda amaliy aloqalarni kengaytirish muhim ekanini ta’kidladi.

Muzokaralarda turizm, sanoat, tog‘-kon, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, savdo, logistika, transport, to‘qimachilik, ta’lim, tibbiyot, farmatsevtika va sog‘lomlashtirish sohalarida hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.

Tomonlar turizm, oliy ta’lim va tibbiyot sohalarida ham o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun katta imkoniyat borligiga alohida e’tibor qaratdilar. Surxondaryo va Fors viloyatlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling