Valyuta kurslari 12/11/2025
$1 – 11990.00
UZS – -0,21%
€1 – 13866.44
UZS – -0,24%
₽1 – 147.55
UZS – -0,51%
Qidirish
Surxondaryo va Balx savdo va logistika sohasini rivojlantirishni muhokama qilishdi

Surxondaryo va Balx savdo va logistika sohasini rivojlantirishni muhokama qilishdi

Surxondaryo va Balx savdo va logistika sohasini rivojlantirishni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Termiz xalqaro savdo markazida Surxondaryo va Afg‘onistonning Balx viloyatlari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha Ishchi komissiyaning beshinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig'ilishda eksportga oid tashkilotlar vakillari, anorchilik va quritilgan mahsulotlar bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar o‘zaro fikr almashishdil.

Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari hamda Balx viloyati gubernatori o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiyalar uchrashuvida viloyat bojxona boshqarmasi boshlig'i I.G'ulomov ham so'zga chiqdi.

Ta'kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qo‘shni Afg‘oniston bilan do‘stona va amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslari doirasida ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy va o'zaro savdo aloqalari izchil kengaymoqda. 

Yig'lish doirasida delegatsiya a’zolari Termiz xalqaro savdo markazining faoliyati, mavjud imkoniyatlar hamda Afg‘onistondan olib kelinayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

Shu kuni Surxondaryo  va Balx viloyati bojxona xizmatlari rahbarlarining  ikki tomonlama uchrashuvi ham bo'lib o'tdi. 

Uchrashuvda transport-logistika sohasida hamkorlikni kuchaytirish, chegara bojxona postlarida o'tkazuvchanlik va samaradorlikni oshirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling