Suriyalik tadbirkorlar hududning sanoat salohiyati bilan tanishish uchun Buxoroga yetib kelishdi
Suriyalik tadbirkorlar hududning sanoat salohiyati bilan tanishish uchun Buxoroga yetib kelishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tashqi bozorlarga chiqish, eksport hajmlarini oshirish va qo‘shni davlatlar bilan sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish bo‘yicha qator muhim topshiriqlar berilgan edi.
Xususan, Suriya, Iroq va Afg‘oniston bozorlarida 30 milliard dollarlik elektrotexnika, to‘qimachilik, oziq-ovqat, avtomobil, farmatsevtika va qurilish materiallariga bo‘lgan ehtiyoj mavjudligi qayd etilib, ushbu bozorlarga jadal kirib borish vazifasi qo‘yilgan.
Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida bugun Suriya ishbilarmonlaridan iborat delegatsiya Buxoro shahriga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida mehmonlar “Merganteks” paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyati bilan tanishmoqda.
Delegatsiya aʼzolari klasterda yaratilgan shart-sharoitlar, soliq va bojxona imtiyozlari, infratuzilma imkoniyatlari hamda mahalliy korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini o‘rganmoqda.