Valyuta kurslari 13/02/2026
$1 – 12275.58
UZS – -0,1%
€1 – 14591.98
UZS – -0,36%
₽1 – 159.09
UZS – 0,16%
Qidirish
Suriya delegatsiyasi TEXNOPARK faoliyati bilan tanishdi

Suriya delegatsiyasi TEXNOPARK faoliyati bilan tanishdi

Suriya delegatsiyasi TEXNOPARK faoliyati bilan tanishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Suriya Savdo palatalari federatsiyasi prezidenti Ala Omar al-Ali boshchiligidagi ishbilarmon doiralar vakillari TEXNOPARK korxonasida bo‘lib, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mehmonlarga TEXNOPARK tarkibidagi 17 ta zamonaviy zavodda ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlar nomenklaturasi taqdim etildi.

Delegatsiya ishlab chiqarish maydonlarini ko‘zdan kechirdi, texnologik jarayonlar hamda sifat nazorati tizimi haqida batafsil ma’lumot oldi.

Suriya tomoni vakillari mahsulotlar sifati, ularning xalqaro standartlarga muvofiqligi va mavjud sertifikatlariga alohida e’tibor qaratdi. Uchrashuv doirasida eksport yo‘nalishlari hamda hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

TEXNOPARKda ishlab chiqarilgan savdo uchun mo‘ljallangan muzlatkichlar Suriya Arab Respublikasiga avval ham eksport qilingan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling