Valyuta kurslari 10/11/2025
$1 – 12060.27
UZS – 0,31%
€1 – 13916.35
UZS – 0,53%
₽1 – 148.87
UZS – 0,49%
Qidirish
Sun'iy yo'ldosh texnologiyalarini rivojlantirish uchun Viasat bilan hamkorlik o'rnatildi

Sun'iy yo'ldosh texnologiyalarini rivojlantirish uchun Viasat bilan hamkorlik o'rnatildi

Sun'iy yo'ldosh texnologiyalarini rivojlantirish uchun Viasat bilan hamkorlik o'rnatildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQSHga xizmat safari doirasida Viasat kompaniyasida global tartibga solish va texnologik siyosat bo'yicha katta vitse-prezidenti Donna Bethea Murphy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Viasat kompaniyasining ilg‘or UltraGEO texnologiyasidan foydalangan holda O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimlarini rivojlantirish, In-Flight Connectivity yo‘nalishida zamonaviy telekommunikatsiya yechimlarini joriy etish, Direct-to-Device va IoT texnologiyalarini o‘z ichiga olgan ilg‘or NTN xizmatlarini tatbiq etish, shuningdek, texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar innovatsion kosmik va aloqa loyihalarini amalga oshirish, pilot tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish hamda mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashinuvini kengaytirish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida UZ-SAT va Viasat kompaniyalari o‘rtasida Strategik hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Viasat — sun’iy yo‘ldosh aloqasi va global internet xizmatlariga ixtisoslashgan yetakchi Amerika kompaniyasi. Kompaniya butun dunyo bo‘ylab yuqori tezlikdagi internetga ulanish va raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqadi va joriy etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling