Valyuta kurslari 13/02/2026
$1 – 12275.58
UZS – -0,1%
€1 – 14591.98
UZS – -0,36%
₽1 – 159.09
UZS – 0,16%
Qidirish
Sun'iy intellekt o'zbek fermerlariga hosildorlikni va bozorga kirishni oshirishga yordam beradi

Sun'iy intellekt o'zbek fermerlariga hosildorlikni va bozorga kirishni oshirishga yordam beradi

Sun'iy intellekt o'zbek fermerlariga hosildorlikni va bozorga kirishni oshirishga yordam beradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jahon bankining ma'lumotlariga ko'ra, Murоd Xusanov — agrobiznes va texnologiyalar sohasida katta tajribaga ega tadbirkor — “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasining benefitsiarlaridan biridir.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Jahon bankining 50 mln AQSh dollari miqdoridagi moliyaviy ko‘magi bilan amalga oshirilmoqda. Uning asosiy vazifalaridan biri — mahalliy tadqiqotchilar va tadbirkorlarning innovatsion ishlanmalarini tijoratlashtirishdir.

Bir necha yil avval Murоd Xusanov sun’iy intellekt (SI) asosidagi GROWZ platformasini ishlab chiqdi va ishga tushirdi. U kichik fermerlarga hosildorlikni oshirish va bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Platforma funksiyalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

zararkunandalar va kasalliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha SI asosidagi maslahatlar (100 dan ortiq o‘simlik, shuningdek 3 000 ta zararkunanda va kasallik haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi);

SI va tashqi ma’lumotlardan (ob-havo, sun’iy yo‘ldosh, tuproq va boshqa tahlillar) foydalangan holda ekinlarni va boshqa agrotexnologik jarayonlarini boshqarish bo‘yicha bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar taqdim etish;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (o‘g‘itlar, agroximikatlar va boshqalar) uchun marketpleys, shuningdek fermerlar uchun mavjud mikromoliyalashtirish vositalari haqida ma’lumot.

2024-yilda MUNIS loyihasi ko‘magida tadbirkor platformaning ilk ishchi versiyasini ishlab chiqdi va o‘z biznes-modelini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi.

Bugungi kungacha GROWZ 50 mingdan ortiq marotaba yuklab olingan, mamlakat bo‘ylab fermerlar orasida 25 mingdan ziyod faol foydalanuvchiga ega va loyiha doirasida 12 ta ish o‘rni yaratilgan.

Yaqinda Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Naji Benhassin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Murоd Xusanov erishilgan natijalar haqida so‘zlab berdi va 2026-yilga mo‘ljallangan rejalari bilan bo‘lishdi.

Xususan, u GROWZ auditoriyasini 500 ming faol foydalanuvchigacha yetkazish, mahsulotni yangi xalqaro bozorlarga olib chiqish hamda 2027-yilga borib yillik daromadni 8 mln AQSh dollariga yetkazishni rejalashtirmoqda.

MUNIS loyihasi bir necha yildan buyon amalga oshirilmoqda. Ushbu vaqt mobaynida uning ko‘magida grant moliyalashtirish hisobidan 190 ta innovatsion mahsulot va xizmat ishlab chiqildi, shuningdek Murоd Xusanov kabi loyiha benefitsiarlari tomonidan qariyb 260 ta ish o‘rni yaratildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling