Valyuta kurslari 21/10/2025
$1 – 12060.15
UZS – -0,4%
€1 – 14064.55
UZS – -0,74%
₽1 – 148.87
UZS – -0,15%
Qidirish
Sunʼiy intellekt yordamida kuchli zilzilalarni o‘rta va uzoq muddatga prognoz qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi

Sunʼiy intellekt yordamida kuchli zilzilalarni o‘rta va uzoq muddatga prognoz qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi

Sunʼiy intellekt yordamida kuchli zilzilalarni o‘rta va uzoq muddatga prognoz qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Seysmik xavfsizlikni taʼminlash hamda seysmologiya sohasidagi ishlar samaradorligini yana-da oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan ustuvor yo‘nalishlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

madaniy meros obyektlari va transport inshootlarining zilzilabardoshligini monitoring qilish tizimini yaratish;

seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini raqamlashtirish va unga sunʼiy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish;

qurilish maydonlari uchun zamin gruntlarini o‘rganish va ularning mustahkamligini oshirish choralarini ko‘rish.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab:

respublikadagi “A-373” va “M-39” avtomobil yo‘llarida hamda ularga tutash tog‘li hududlardan o‘tgan temiryo‘llarda ko‘chki sodir bo‘lishi ehtimoli yuqori hududlarning doimiy radiolokatsion kosmik monitoringi tashkillashtiriladi;

sunʼiy intellekt yordamida seysmik xavf yuqori bo‘lgan hududlarda kuchli zilzilalarni o‘rta va uzoq muddatlarda prognoz qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Dastlabki bosqichda sunʼiy intellekt yordamida kuchli zilzilalarni o‘rta va uzoq muddatda prognoz qilish Toshkent shahri misolida tashkil etiladi.

2026 yil 1 martdan boshlab bino va inshootlarning zilzilabardoshlik bo‘yicha texnik holati sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilinadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling