Valyuta kurslari 05/11/2025
$1 – 11950.63
UZS – -0,18%
€1 – 13744.42
UZS – -0,3%
₽1 – 147.70
UZS – -0,06%
Qidirish
“Sultanov Motors” MCHJ noto‘g‘ri reklama uchun jarimaga tortildi

“Sultanov Motors” MCHJ noto‘g‘ri reklama uchun jarimaga tortildi

“Sultanov Motors” MCHJ noto‘g‘ri reklama uchun jarimaga tortildi

 Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan olib borilgan monitoringlar natijasida “Sultanov Motors” MCHJ faoliyatida reklama qonunchiligi talablariga rioya etilmaslik holati aniqlandi.

Xususan, ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida joylashtirilgan reklamalarda “JETOUR X70” avtomashinasini boshqa avtomobillarga nisbatan eng afzali ekanligi haqida keltirib o‘tilgan hamda muddatli to‘lov uchun 0%” deya amalda mavjud bo‘lmagan xizmatlar to‘g‘risida reklamalar joylashtirganligi maʼlum bo‘ldi.

Buning natijasida isteʼmolchilarda chalg‘ituvchi tasavvur shakllangan va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan maʼlumotlar asosida qaror qabul qilish ehtimoli vujudga kelgan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Buxoro viloyati hududiy boshqarmasining Maxsus komissiyasi tomonidan “Sultanov Motors” MCHJga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning tegishli moddalari talablari buzilishi yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Raqobat qo‘mitasi barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarni amaldagi qonunchilikka rioya qilish, ayniqsa reklama faoliyatida aniq, oshkora va xolis maʼlumotlar taqdim etishga chaqiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling