Valyuta kurslari 19/11/2025
$1 – 11940.70
UZS – -0,58%
€1 – 13839.27
UZS – -0,68%
₽1 – 147.40
UZS – -0,27%
Qidirish
Sud ishlarini soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqish imkoniyatlari kengayadi

Sud ishlarini soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqish imkoniyatlari kengayadi

Sud ishlarini soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqish imkoniyatlari kengayadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi.

Ushbu qonun loyihasi sud ishlarini ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirish va iqtisodiy faoliyatning samaradorligini oshirishga qaratilgan.

U bilan Fuqarolik protsessual hamda Iqtisodiy protsessual kodekslariga fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini soddalashtirilgan tartibida ko‘rib chiqishga asos bo‘luvchi da’vo miqdorini oshirish bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, da’vo bahosi nisbatan kichik bo‘lgan ishlar, jumladan, jismoniy shaxslarga nisbatan BHMning besh baravari, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan BHMning o‘n baravari, yuridik shaxslarga nisbatan BHMning yigirma baravari miqdoridagi nizolar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqiladi.

Qonun loyihasi bilan soddalashtirilgan tartibida ko‘riladigan ish bo‘yicha da’voning maksimal bahosi fuqarolik nizolari bo‘yicha yuridik shaxslarga nisbatan — BHMning 150 baravari, yakka tartibdagi tadbirkorlarga — BHMning 100 baravari, jismoniy shaxslarga — BHMning 50 baravari, iqisodiy nizolar bo‘yicha esa yuridik shaxslarga nisbatan — BHMning 150 baravari, yakka tartibdagi tadbirkorlarga — BHMning 100 baravari etib belgilanmoqda. Bu o‘zgarishlar natijasida ko‘plab fuqarolik va iqtisodiy nizolar sudda tezkor hal etiladi, sud qarorlari esa odatdagidan tezroq qonuniy kuchga kiradi.

Majlisda qayd etilganidek, qonun loyihasining qabul qilinishi umumiy tartibda ko‘rilayotgan ishlarning aksariyat qismi soddalashtirilgan tartibda ko‘rilishi va bu ishlar bo‘yicha sud qarorlarining kuchga kirish muddati 30 kundan 10 kunga qisqarishi natijasida banklar balansidagi harakatsiz va muammoli aktivlar ulushi kamayadi hamda iqtisodiy nizolar tezroq hal etiladi. Shu bilan birga, sud tizimidagi yuklama kamayib, banklar va tadbirkorlik subyektlari uchun moliyaviy barqarorlik ta’minlanadi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling