Valyuta kurslari 21/01/2026
$1 – 12073.29
UZS – 0,18%
€1 – 14158.35
UZS – 1,07%
₽1 – 155.16
UZS – 0,3%
Qidirish
Sud «AKFA BUILD» tovar belgisidan noqonuniy foydalangan qoidabuzarga jarima soldi

Sud «AKFA BUILD» tovar belgisidan noqonuniy foydalangan qoidabuzarga jarima soldi

Sud «AKFA BUILD» tovar belgisidan noqonuniy foydalangan qoidabuzarga jarima soldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda adliya organlari “Texnopark” MCHJning firma nomi hamda «AKFA BUILD» tovar belgisiga bo‘lgan huquqlarini himoya qildi.

Ushbu brend ostida litsenziya shartnomasi asosida lift mahsulotlari ishlab chiqaradigan kompaniya bozorda o‘z firma nomi va tovar belgisidan noqonuniy foydalanilgan kontrafakt mahsulotlar tarqatilayotganini aniqladi.

Jamiyatning mazkur holat bo‘yicha yo‘llagan murojaati adliya organlari tomonidan ko‘rib chiqilib, uning natijalari “Texnopark” MCHJ huquqlari buzilganini tasdiqladi.

Qoidabuzar sifatida “S.M.” deb ko‘rsatilgan shaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

2026 yil 15 yanvar kuni sud tomonidan eng kam hisob-kitob miqdorining 15 barobari miqdorida, yaʼni 6,1 million so‘m jarima solish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling