Valyuta kurslari 04/11/2025
$1 – 11972.34
UZS – -0,27%
€1 – 13786.15
UZS – -0,81%
₽1 – 147.79
UZS – -0,52%
Qidirish
Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimi joriy etiladi

Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimi joriy etiladi

Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimi joriy etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 noyabrdan strategik ahamiyatga ega hujjatlarni ishlab chiqish, amalga oshirish, monitoring qilish va baholashni o‘z ichiga olgan strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimi joriy etiladi.

Strategik rejalashtirish hujjatlarining iyerarxiyasi quyidagi tartibda belgilanadi:

1-darajali hujjatlar konsepsiyalar shaklida;

2-darajali hujjatlar strategiyalar shaklida;

3-darajali hujjatlar dasturlar (“yo‘l xaritalari”, chora-tadbirlar rejalari) shaklida qabul qilinadi.

Bunda: 1-darajali hujjatlar 7 yildan ortiq muddatga ishlab chiqiladi va qoida tariqasida qonunlar bilan tasdiqlanadi;

2-darajali hujjatlar 4 yildan 7 yilgacha bo‘lgan muddatga ishlab chiqiladi va Prezident hujjatlari bilan tasdiqlanadi.

3-darajali hujjatlari 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga ishlab chiqiladi va Prezident hujjatlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida tasdiqlanadi.

Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash etib;

Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi etib;

Strategik islohotlar agentligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi etib.

Muvofiqlashtiruvchi kengash vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mazkur sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun masʼul bo‘lgan idoralararo kollegial organ hisoblanadi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash 1- va 2-darajali strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalarini ularni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi.

Bunda maʼqullangan loyihalar ko‘rib chiqish uchun Prezidentga kiritiladi.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling