Valyuta kurslari 30/12/2025
$1 – 12025.33
UZS – -0,27%
€1 – 14162.23
UZS – -0,21%
₽1 – 155.25
UZS – 0,06%
Qidirish
Strategik rejalashtirish tizimi yangicha yondashuvlar asosida tashkil etiladi

Strategik rejalashtirish tizimi yangicha yondashuvlar asosida tashkil etiladi

Strategik rejalashtirish tizimi yangicha yondashuvlar asosida tashkil etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish va samarali yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, strategik rejalashtirish hujjatlarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini monitoring qilish Strategik rejalashtirish va rivojlanishning raqamli platformasi orqali amalga oshiriladi. Bunda:

maqsadli ko‘rsatkichlarga masʼul bo‘lgan davlat organlari

va tashkilotlari tomonidan har bir samaradorlik ko‘rsatkichiga erishish bo‘yicha haqiqiy maʼlumotlar, natijalar va tasdiqlovchi hujjatlar doimiy ravishda kiritib boriladi;

milliy darajadagi keng qamrovli strategik rejalashtirish hujjatlarining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha davlat organlari reytingi tuziladi va Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan Davlat organlari faolligining milliy reytingini shakllantirishda inobatga olinadi;

Raqamli platformada soha, tarmoq, hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq dasturlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridagi mablag‘ ajratilishini talab qiladigan masalalar asoslantirilmagan loyiha Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan kelishilmaydi.

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan hududlarni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tashabbuslarni ishlab chiqish “Islohotlar shtablari” bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling