Valyuta kurslari 30/05/2025
$1 – 12768.26
UZS – -0,49%
€1 – 14400.04
UZS – -0,98%
₽1 – 162.63
UZS – 0,97%
Qidirish
O‘zbekiston 12/05/2025 Strategik islohotlar agentligida Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Strategik islohotlar agentligida Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Strategik islohotlar agentligida Agentlik direktori Baxodir Raxmatov Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari Toyvo Klaar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda shuningdek Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining loyiha menejeri Elbek Xo‘jayev hamda attashe Yana Kurpisa ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqaro hamkorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlashni muvofiqlashtirishga qaratilgan "Mamlakat platformasi" tashabbusining joriy holati va istiqboldagi rejalarini muhokama qildilar. Platforma samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilayotgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini takomillashtirish borasidagi takliflar alohida ko‘rib chiqildi.

Shuningdek Toshkent shahrida o'tkazilishi rejalashtirilayotgan "Markaziy Osiyo kelajagi – 2050" mavzusidagi mintaqaviy forsayt-seminari bo‘yicha fikr almashildi. Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi ushbu seminarda hamkor tashkilot sifatida ishtirok etish, Markaziy Osiyo davlatlaridan delegatlar ishtirokini moliyalashtirish, shuningdek, xalqaro moderator taqdim etishga tayyorligini bildirdi. Seminarning asosiy maqsadi – Markaziy Osiyo mintaqasida uzoq muddatli rivojlanish ssenariylarini ishlab chiqish, savdo, energetika, ekologiya va ijtimoiy sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan sa'y-harakatlarni davom ettirishga kelishdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling