Strategik islohotlar agentligi Pensiya tizimini xususiylashtirish haqidagi mish-mishlarni rad etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Strategik islohotlar agentligi ijtimoiy tarmoqlarda pensiya tizimi bo‘yicha takliflar atrofida yuzaga kelgan muhokamalarga izoh berdi.
Agentlik mamlakat pensiya tizimini xususiy sektorga o‘tkazish haqidagi gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.
SIAning aniqlik kiritishicha, xususiy sektorni pensiya tizimiga jalb qilish taklifi davlat Pensiya jamg'armasining tugatilishini anglatmaydi.
Ushbu masala xalqaro ekspertlar tomonidan pensiya tizimini isloh qilish yuzasidan taklif etilgan bir qator tavsiyalardan biri bo‘lib, hozirda ushbu takliflar Strategik islohotlar agentligi va boshqa tegishli idoralar tomonidan o‘rganilmoqda.
Pensiya tizimidagi o'zgarishlarni ishlab chiqishda SIA xalqaro tajribani har tomonlama tahlil qilishni va fuqarolarning fikr va manfaatlarini hisobga olishni rejalashtirmoqda.
Agentlik shuningdek, barcha takliflar faqat aholining ijtimoiy himoya darajasini oshirishga qaratilganligini taʼkidladi.