Starlink 2026 yilda O‘zbekistonda ishga tushirilishi mumkin
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda Starlink yo‘ldosh interneti 2026 yilda ish boshlashi mumkin. Bu haqda servisning rasmiy saytida eʼlon qilingan maʼlumotlarda qayd etilgan.
Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi hali 2022 yildayoq mamlakatda yirik loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini maʼlum qilgan edi. Biroq bozorga chiqish muddatlari bir necha marta kechiktirildi. Dastlab 2023 yilga rejalashtirilgan bo‘lsa, keyinroq 2025 yilga surilgan.
Qozog‘istonda Starlink 2025 yil 13 avgustdan ish boshladi. Shu yilning o‘zidayoq xizmat Qirg‘izistonda ham yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.
2026 yilda esa O‘zbekiston bilan birga Turkmaniston va Tojikiston ham yo‘ldosh internetidan foydalana boshlashi rejalashtirilgan.