Valyuta kurslari 24/02/2026
$1 – 12236.13
UZS – 0,19%
€1 – 14439.86
UZS – 0,2%
₽1 – 159.10
UZS – -0,26%
Qidirish
St. Jude Children’s Research Hospital delegatsiyasi Toshkent aeroportining tibbiy yuk tashish infratuzilmasini ko'zdan kechirdi

St. Jude Children’s Research Hospital delegatsiyasi Toshkent aeroportining tibbiy yuk tashish infratuzilmasini ko'zdan kechirdi

St. Jude Children’s Research Hospital delegatsiyasi Toshkent aeroportining tibbiy yuk tashish infratuzilmasini ko'zdan kechirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — AQShning "St. Jude Children’s Research Hospital" bolalar tadqiqot shifoxonasi delegatsiyasi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari bilan birgalikda Toshkent xalqaro aeroportining yuk terminaliga tashrif buyurdi. U yerda aeroport infratuzilmasining tibbiy yuklarni, jumladan, maxsus tashish sharoitlari va harorat nazoratini talab qiluvchi dori vositalarini saqlash hamda qayta ishlash imkoniyatlari bilan tanishdi.

«Toshkent aeroportining yiliga 120 ming tonnagacha o‘tkazish quvvatiga ega yuk majmuasi umumiy maydoni 8,5 ming kvadrat metr bo‘lgan omborxonalarga, shu jumladan, qat’iy harorat nazoratini talab qiluvchi yuklar, xususan, dori-darmonlar uchun sovutish va muzlatish kameralariga ega.

Barcha ixtisoslashtirilgan zonalar termodatchiklar bilan jihozlangan bo‘lib, bu zarur saqlash sharoitlarini ta’minlash imkonini beradi. Farmatsevtika yuklarini qayta ishlashning ishonchliligi va tezligi muhim ahamiyatga ega, chunki tashish shartlariga rioya qilish dori vositalari sifatini saqlab qolish va insonlarga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatishga bevosita ta’sir qiladi», — deb ta’kidladi "Uzbekistan Airports" vakillari.

Shifoxona vitse-prezidenti va "St. Jude Global" dasturi direktori doktor Karlos Rodriges-Galindo boshchiligidagi "St. Jude Children’s Research Hospital" delegatsiyasi 2026-yilning 23-28 fevral kunlari sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va bolalar onkologik kasalliklarini davolashni takomillashtirish bo‘yicha tajriba almashish maqsadida O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

Tashrif dasturi ishchi uchrashuvlar, ta’lim tadbirlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda "St. Jude Children’s Research Hospital" o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolashni o‘z ichiga oladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling