Valyuta kurslari 27/10/2025
$1 – 12117.35
UZS – -0,1%
€1 – 14069.46
UZS – 0,06%
₽1 – 149.49
UZS – 0,21%
Qidirish
SSV: tarqalayotgan infeksiya holati mavsumiy hisoblanadi

SSV: tarqalayotgan infeksiya holati mavsumiy hisoblanadi

SSV: tarqalayotgan infeksiya holati mavsumiy hisoblanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ijtimoiy tarmoqlarda bolalar orasida ich ketish va qayt qilish simptomlari bilan kechayotgan infeksiya haqida xabarlar tarqalmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlum qildiki, bu holatlar mavsumiy o‘tkir respirator virusli infeksiyalar (ORVI) bilan bog‘liq bo‘lib, kuz faslida harorat pasayishi sababli kasallanish holatlari tabiiy ravishda ortishi kuzatiladi.

Respirator infeksiyalar turlicha kechishi mumkin ayrim bemorlarda yo‘tal, harorat va burun bitishi, boshqalarida esa oshqozon-ichak tizimi buzilishi (ich ketish, qayt qilish) bilan namoyon bo‘ladi. Bu holat virus shtammlarining xilma-xilligi bilan bog‘liq.

Shuni taʼkidlash lozimki, bu kasalliklarni koronavirus mutatsiyasi bilan bog‘lash noto‘g‘ri. Bugungi kunda COVID-19 oddiy respirator infeksiya shakliga aylangan, mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqaror.

Tibbiyot muassasalarida o‘tkir respirator virusli infeksiyalarni davolash uchun zarur o‘rin-joy va dori-darmon zaxiralari yaratilgan. Yurtimizdagi epidemik vaziyat muntazam monitoring qilib borilmoqda.

Vazirlik bolalarda shunday belgilari paydo bo‘lganda, ota-onalarni o‘z vaqtida oilaviy shifokorga murojaat qilishga chaqirdi.

Umuman olganda, Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda vaziyat barqaror bo‘lib, xavotir uchun asos yo‘q.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling