Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
Iqtisod 19/03/2025 SPAS maʼlumotlar bazasiga qo‘shilish bandlikni kafolatlamaydi: Migratsiya agentligi EPS Korea bilan muammolarni muhokama qiladi

SPAS maʼlumotlar bazasiga qo‘shilish bandlikni kafolatlamaydi: Migratsiya agentligi EPS Korea bilan muammolarni muhokama qiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev va Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining O‘zbekistondagi “EPS” markazi rahbari Kim Hyun Sung o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda, Janubiy Koreyada ishlash maqsadida imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan, ammo ish beruvchi tomonidan tanlanmayotgan fuqarolarning noroziliklarini keltirib chiqarayotgan sabablar muhokama qilindi.

Bugungi kunda EPS-TOPIK testidan o‘tib, SPAS elektron bazasiga kiritilgan o‘zbekistonliklar soni 15 minga yaqin. Eʼtibor berish kerak, imtihondan o‘tdi va SPAS bazasiga kiritildi degani ishlash uchun tanlanishni kafolatlamaydi!

Jarayonlarni yengillashtirish, kadrlarni shaffof tarzda tanlash, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, kadrlar salohiyatini rivojlantirish, til ko‘nikmalarini mustahkamlash yuzasidan Migratsiya agentligi rahbariyati Koreya tomoniga aniq takliflar berdi hamda talab etiladigan barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanligini bildirdi.

Yakunda, Koreyaning Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRD Koreya) prezidenti bilan uchrashuv tashkil qilish va mavjud muammolarga yechim bo‘ladigan mexanizm ishlab chiqishga kelishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling