So‘x tumanida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha master-reja ishlab chiqilmoqda
So‘x tumanida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha master-reja ishlab chiqilmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — So‘x tumani o‘zining boy tarixiy merosi, betakror tabiati va purviqor tog‘lari bilan viloyatning turistik salohiyati yuqori bo‘lgan hududlaridan biri sanaladi. Bugungi kunda tuman iqtisodiyotini yuksaltirishning asosiy drayveri sifatida turizm sohasini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari belgilab olingan.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hududda turizm infratuzilmasini tubdan yangilashni nazarda tutuvchi master-reja loyihasi bilan tanishdi.
So‘x daryosi qirg‘og‘i va atrofida yangi turizm obyektlari, mehmonxonalar, dam olish va boshqa turli maskanlar barpo etilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu yerda sayohatchilarni maroqli dam olishlari uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Tumanning rekreatsion imkoniyatlaridan kelib chiqib, yangi turistik marshrutlari shakllantiriladi.
Viloyat rahbari master-rejani tumanning o‘ziga xos geografik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda yana-da takomillashtirish bo‘yicha masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, hududda davolash-sog‘lomlashtirish va ziyorat turizmi kabi qator istiqbolli yo‘nalishlarni ham qamrab olish zarurligi taʼkidlandi.