So‘m dollariga nisbatan kuchayib bormoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 4 sentyabr 2025 yil holatiga ko‘ra, o‘zbek so‘mi kursi AQSH dollariga nisbatan mustahkamlandi. Amerika valyutasi 12 360 so‘mga teng. Shu tariqa, o‘tgan hafta davomida so‘m 0,32 foizga qimmatlashdi.
2025 yil yanvar–iyul oylari yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston iqtisodiyoti yuqori ko‘rsatkichlarni namoyish etdi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi maʼlumotlariga ko‘ra, joriy yilda mamlakat yalpi ichki maxsuli ilk bor 130 milliard dollardan oshishi kutilmoqda, yoz oxiriga kelib esa bu ko‘rsatkich allaqachon 115 milliard dollarni tashkil etdi. O‘tgan sakkiz yilda bunday o‘sish surʼatlari kuzatilmagan va xalqaro eʼtirofga sazovor bo‘ldi.
Tezlashuvning asosi keng ko‘lamli islohotlar va investitsiyalarni jalb etish bo‘ldi: sakkiz yil ichida 230 milliard dollar o‘zlashtirildi, shundan yarmidan ko‘prog‘i xorijiy sarmoyalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Mablag‘lar infratuzilma va asosiy tarmoqlarga yo‘naltirildi. Qurilish sohasi alohida ahamiyat kasb etdi: xususiy sektor 97 foizdan ortiq ishlar bajarmoqda, kompaniyalar soni 30 mingdan oshib ketdi, qurilish ishlari hajmi esa 2024 yilda 23 milliard dollarga yetdi — bu 2016 yildagidan to‘rt barobar ko‘p.
Iqtisodiyot o‘sishi bilan birga ijtimoiy sohalarga ham eʼtibor kuchaydi: ijtimoiy infratuzilmaga sarflar olti barobarga ko‘paydi, 500 mingdan ortiq uy-joylar barpo etildi, taʼlim va sog‘liqni saqlash imkoniyatlari kengaytirildi. Natijada O‘zbekiston sanoat, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, to‘qimachilik va mashinasozlik sohalarida o‘z mavqeini mustahkamladi hamda dengizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish yo‘li bo‘lmaganiga qaramay, mintaqada eng jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotlardan biriga aylandi.
Bu esa so‘mni qo‘llab-quvvatlovchi ijobiy omil hisoblanadi. Dollar/so‘m juftligi sentyabr oyida 12 300–12 600 so‘m oralig‘ida saqlanishi kutilmoqda.
Anna Bodrova, “Alpari” tahlilchisi