Valyuta kurslari 18/02/2026
$1 – 12137.86
UZS – -0,44%
€1 – 14379.72
UZS – -0,59%
₽1 – 158.13
UZS – -0,24%
Qidirish
Soliq xizmati xodimlar uchun daromad va xarajatlar deklaratsiyasini joriy etmoqda

Soliq xizmati xodimlar uchun daromad va xarajatlar deklaratsiyasini joriy etmoqda

Soliq xizmati xodimlar uchun daromad va xarajatlar deklaratsiyasini joriy etmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun Soliq qoʻmitasi raisi Farrux Pulatov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandumni imzoladi.

Memorandum korrupsiyaning oldini olish boʻyicha tizimli ishlarni mustahkamlash, soliq organlari faoliyatining shaffofligini oshirish hamda zamonaviy ichki nazorat mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan.

Hujjat soliq organlari tizimida huquqbuzarliklarning oqibatlarini bartaraf etish bilan cheklanib qolmay, eng avvalo korrupsiyaviy omillarni barvaqt aniqlash va profilaktik mexanizmlarni joriy etishga yoʻnaltirilgan professional va samarali korrupsiyaga qarshi kurashish modelini shakllantirishni nazarda tutadi.

Shuningdek, raqamli texnologiyalarni, jumladan sunʼiy intellekt asosidagi yechimlarni keng qoʻllash, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va hisobdorlik siyosatini izchil rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Xususan, Soliq qoʻmitasi raisi F. Pulatov taklifi bilan davlat soliq xizmati har bir xodimining daromadlarini deklaratsiya qilish tizimi ishlab chiqilgani qayd etildi. Tadbir doirasida mazkur platforma taqdimoti oʻtkazildi. Ayni paytda Navoiy va Chirchiq shaharlarida daromadlarni deklaratsiya qilish mexanizmini joriy etish boʻyicha eksperiment sinov tariqasida amalga oshirilmoqda. Pilot loyiha yakunlariga koʻra, ushbu tizim bosqichma-bosqich butun respublika boʻylab joriy etiladi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan barqaror korrupsiyaga qarshi muhitni shakllantirish, halollik tamoyillarini mustahkamlash va xizmat odobi qoidalarini kuchaytirish yuzasidan aniq takliflar bildirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling