Soliq organlarida 666 mingdan ortiq ijara shartnomalari ro‘yxatdan o‘tkazildi
Soliq organlarida 666 mingdan ortiq ijara shartnomalari ro‘yxatdan o‘tkazildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda ijara shartnomalari bo‘yicha 1 trln so‘mdan ortiq soliq hisoblandi, deya xabar berdi Davlat soliq qo‘mitasi.
Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 466,2 mingta ijara shartnomasi asosida 788,7 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblangan. 2024 yilning shu davriga nisbatan ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalar soni 10,1 foizga oshgan, hisoblangan soliq summasi esa 56 foizga o‘sgan.
Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 200,1 mingta ijara shartnomasi bo‘yicha 253,4 mlrd so‘m soliq hisoblangan.
O‘tgan yilga nisbatan shartnomalar soni 22 foizga, soliqlar summasi esa 29,6 foizga ko‘paygan.
Talabalarga ijaraga berilgan uy-joy egalari bunday ijaradan olinadigan daromad solig‘idan ozod etilgan. 2025 yil yanvar–noyabr oylarida qo‘llanilgan imtiyozlar summasi 57,5 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Jami talabalar bilan 123,6 mingdan ortiq ijara shartnomalari tuzilgan bo‘lib, ijarachi talabalar soni 143 703 nafarga yetgan.