Valyuta kurslari 27/11/2025
$1 – 11881.60
UZS – -0,46%
€1 – 13749.39
UZS – -0,14%
₽1 – 151.05
UZS – -0,34%
Qidirish
Soliq hisoboti shakllariga o‘zgartirishlar kiritildi

Soliq hisoboti shakllariga o‘zgartirishlar kiritildi

Soliq hisoboti shakllariga o‘zgartirishlar kiritildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Adliya vazirligi Soliq hisoboti shakllariga o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3221-8, 26.11.2025 y.).

Ushbu hujjatda ayrim qonunchilik hujjatlari qabul qilinganligi munosabati bilan soliq hisoboti shakllarini to‘ldirish bilan bog‘liq bir qator yangiliklar belgilandi.

Yillik aylanmasi 1 mlrd so‘mgacha YATTlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanganligi bois, bu bo‘yicha hisobotning soddalashtirilgan shakli joriy qilinmoqda.

Tadbirkorlar tomonidan umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasi realizatsiya qilishdan olingan foyda uchun nol soliq stavkasi qo‘llanishi bois, soliq hisobotlarida ushbu masala kiritilmoqda.

Xalq deputatlari kengashlari ijara to‘lovining eng kam stavkalariga nisbatan tumanlar va shaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishi darajasiga qarab 2,0 gacha oshiruvchi koeffitsiyentni joriy etishga haqli ekanligidan kelib chiqib, jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk ijarasi uchun stavkani to‘ldirish bekor qilinmoqda.

Mazkur hujjat 2026 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling