Valyuta kurslari 27/02/2026
$1 – 12136.57
UZS – -0,0%
€1 – 14318.73
UZS – 0,08%
₽1 – 157.70
UZS – -0,52%
Qidirish
Solfy va investor Maksim Poletayev O‘zbekiston Milliy banki bilan huquqiy nizoga kirishdi

Solfy va investor Maksim Poletayev O‘zbekiston Milliy banki bilan huquqiy nizoga kirishdi

Solfy va investor Maksim Poletayev O‘zbekiston Milliy banki bilan huquqiy nizoga kirishdi

 Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Fintex-platforma Solfy va uning asosiy investori, tadbirkor Maksim Poletayev O‘zbekiston Milliy banki (O‘MB) bilan huquqiy nizoga kirishdi.

Amsterdam & Partners LLP xabariga ko‘ra, ushbu kompaniya Solfy va Poletayev manfaatlarini O‘MB bilan bog‘liq shartnomaviy nizoning barcha bosqichlarida himoya qiladi.

Yuridik firmada taʼkidlanishicha, bank bilan ishbilarmonlik munosabatlari uzilganidan so‘ng tomonlar O‘MB vakillari tomonidan jiddiy tahdidlarga duch kelgan, shu sababli xalqaro huquqiy himoyaga murojaat qilishga qaror qilingan.

Amsterdam & Partners LLP asoschisi va boshqaruvchi sherigi, MDH mamlakatlarida, jumladan O‘zbekistonda ko‘p yillik ish tajribasiga ega yurist Robert Amsterdam ishga xalqaro maslahatchi sifatida jalb etilgan.

U Toshkentdagi mahalliy yuristlar jamoasi bilan hamkorlikda ish olib borib, nizoni har tomonlama va kompleks tarzda yuritilishini taʼminlaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling