Sogʻliqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasida birinchi oʻqishda qabul qilindi
Sogʻliqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasida birinchi oʻqishda qabul qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yigʻilishida aholiga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmiga kiradigan xizmatlarni ko‘rsatish, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasbiy faoliyatini amalga oshirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Ushbu qonun loyihasi ov qilish va ovchilar tayyorlash tartibini tizimlashtirish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ovchilik xo‘jaliklarida bioxilma-xillikni saqlash va ko‘paytirish, ov turizmi infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan.
Qonun loyihasi bilan “Qurol to‘g‘risida”gi hamda “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Mazkur qonun loyihasi ov qilish jarayonlarini aniq tartibga solish, ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini tizimlashtirish, yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish va ularning tabiiy ko‘payishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Qonun loyihasida ov qilish jarayonlari shaffofligini oshirishga qaratilgan normalar aks etmoqda. Shu bilan birga, ovchilik yo‘llanmalari (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkalari)ni berish maxsus elektron dastur orqali amalga oshirilishi, ular asosida mavsumiy yoki bir martalik ovni amalga oshirish huquqi taqdim etilishi ko‘zda tutilmoqda.
Qonun loyihasi bilan pitomniklarda yetishtirilgan yovvoyi hayvonlarni ov qilish joylariga qo‘yib yuborish amaliyoti qo‘llab-quvvatlanib, bunday hayvonlar hisobidan ov qilishni tashkil etishga ruxsat berilishi belgilanmoqda. Mazkur yondashuv ov qilish bilan bir vaqtda yovvoyi hayvonlar zaxirasini to‘ldirish imkonini beradi.
3undan tashqari, ov qilish faqat ovchilik xo‘jaliklariga biriktirib berilgan ov qilish joylarida amalga oshirilishi belgilanmoqda. Bu esa ov qilish ustidan nazoratni kuchaytirish hamda yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirish va ularning tabiiy zaxirasini asrashga xizmat qiladi. Shuningdek, ov qilishni rejalashtirish, ruxsat etilgan hududlar va muddatlarni belgilashda yagona tizim asosida ish yuritish nazarda tutilmoqda.