Valyuta kurslari 25/09/2025
$1 – 12219.08
UZS – 0,39%
€1 – 14379.41
UZS – 0,11%
₽1 – 145.97
UZS – 0,03%
Qidirish
Sog‘lom ovqatlanishga moslashuvchi qishloq xo‘jaligi: O‘zbekiston agrotizimlarining kelajagi uchun poydevor

Sog‘lom ovqatlanishga moslashuvchi qishloq xo‘jaligi: O‘zbekiston agrotizimlarining kelajagi uchun poydevor

Sog‘lom ovqatlanishga moslashuvchi qishloq xo‘jaligi: O‘zbekiston agrotizimlarining kelajagi uchun poydevor

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — To’g’ri ovqatlanishga moslashuvchi qishloq xo‘jaligi – bu qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda ovqatlanish xilma-xilligi va to‘yimliligini ustuvor maqsad sifatida ilgari suradigan yondashuvdir. Uning bosh maqsadi – barcha yoshdagi aholiga doimiy ravishda turli xil, xavfsiz va arzon oziq-ovqat mahsulotlarini taqdim etishdir. Bu yondashuv, shuningdek, fermerlik amaliyotlarini yaxshilash, gigiyena va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, chiqindilarini kamaytirish hamda sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilishda iste’molchilarning xabardorligini oshirishni o‘z ichiga oladi.

O‘zbekistonda so’nggi yillarda sog‘lom ovqatlanish oziq-ovqat va ovqatlanish xavfsizligi kun tartibining markaziga qo‘yildi. So‘nggi tashabbuslar qatoriga 2030-yilgacha oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash strategiyasining qabul qilinishi, Oziq-ovqat tizimlariga asoslangan ovqatlanish bo‘yicha milliy ko‘rsatmalarning ishlab chiqilishi, FAO va UNICEF ko‘magida 2025-yilda uy xo‘jaliklari ovqatlanishi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazilishi hamda Milliy oziq-ovqat tizimlarini transformatsiya qilish bo‘yicha Milliy yo‘l xaritasi doirasida monitoring tizimlarini mustahkamlash va dalillarga asoslangan siyosatlarni ilgari surilishini misol qilish mumkin.

Shu maqsadda Toshkentda to’g’ri ovqatlanishga moslashuvchi qishloq xo‘jaligi tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha ikki kunlik milliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbir hukumat vakillari, ekspertlar va soha bo‘yicha hamkorlarni birlashtirib, O‘zbekistonning barqaror sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib etishdagi sa’y-harakatlarini kuchaytirishga xizmat qildi. Seminar FAOning: “Yevropa va Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligi tizimlarini transformatsiya qilish”  mintaqaviy loyihasi doirasida tashkil etildi. O‘zbekiston ushbu loyihaning Armaniston va Bosniya va Gersegovina bilan bir qatorda uchta pilot davlatidan biridir.

Seminar FAOning 80 yillik yubileyi va global “365 kunlik harakat” doirasida o‘tkazilib, tashkilotning butun dunyo bo‘ylab barqaror va ovqatlanishga sezgir agrotizimlarni rivojlantirishga bo‘lgan qat’iy sadoqatini namoyon etdi.

“Barqaror va sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish agrotizimlarni transformatsiya qilish hamda fuqarolarimiz farovonligini ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda biz inson salomatligi, sayyoramiz farovonligi va iqtisodiy barqarorlikni uyg‘unlashtiruvchi yondashuvni qo‘llashimiz lozim”, — dedi Sherzod Umarov, FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi yordamchisi, o‘z nutqida.

Seminar barqaror sog‘lom ovqatlanishni oziq-ovqat tizimlarini transformatsiya qilishning markaziy maqsadi sifatida targ‘ib etishga, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalar o‘rtasida tarmoqlararo muloqotni kuchaytirishga, siyosat ishlab chiqishda dalillarga asoslangan yondashuvni mustahkamlashga hamda oziqlanishga sezgir qishloq xo‘jaligini joriy etish imkoniyatlari va salohiyatni rivojlantirish ehtiyojlarini muhokama qilishga qaratildi.

Ishtirokchilar safida Qishloq xo‘jaligi va Sog‘liqni saqlash vazirliklari, boshqa davlat muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining texnik xodimlari faol qatnashdilar.

Ikki kun davomida milliy va xalqaro ekspertlar O‘zbekistondagi oziq-ovqat va ovqatlanish holatini ko‘rib chiqib, parhez bilan bog‘liq sog‘liq muammolari bo‘yicha asoslarni taqdim etdilar, hamda sog’lom ovqatlanishga moslashuvchi qiymat zanjirlari kabi innovatsion vositalarni muhokama qildilar. Interaktiv guruh mashg‘ulotlari orqali ishtirokchilar ekotizimlar va biologik xilma-xillik, oziq-ovqat ta’minoti zanjirlari, oziq-ovqat muhiti va iste’molchilarning xatti-harakati kabi yo‘nalishlarda asoslarni aniqlashdi.

Xalqaro hamkorlarning ishtiroki tadbirni yanada boyitdi. IFAD (Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi) qishloq xo‘jaligi investitsiyalarida oziqlanishni integratsiyalash tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. ESSRG (Atrof-muhit ijtimoiy fanlar tadqiqot guruhi) esa O‘zbekistondagi shahar oziq-ovqat tizimlari baholashining dastlabki natijalarini taqdim etdi.

Ikkinchi kun amaliy jihatlarga qaratildi: Sog’lom ovqatlanishga moslashuvchi tizimlar uchun ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish, sektor siyosatini tahlil qilish va salohiyat ehtiyojlarini aniqlash. Shuningdek, shahar oziq-ovqat muhiti iste’molchilar tanloviga va sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilishga qanday ta’sir ko‘rsatishi muhokama qilindi.

Seminar yakunida FAO xalqaro ekspertlari Kristina Lopriore va Valentina Gasbarri barqaror taraqqiyot uchun sektorlararo salohiyatni mustahkamlash va dalillarga asoslangan yechimlardan foydalanish muhimligini ta’kidladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling