Valyuta kurslari 11/11/2025
$1 – 12014.94
UZS – -0,38%
€1 – 13900.08
UZS – -0,12%
₽1 – 148.31
UZS – -0,38%
Qidirish
Sobiq sud raisiga hukm o‘qildi

Sobiq sud raisiga hukm o‘qildi

Sobiq sud raisiga hukm o‘qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati tomonidan joriy yilning 17 oktyabr kuni eʼlon qilingan hukmiga muvofiq Yu. E. (1974 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sudining raisi lavozimida ishlagan)

Jinoyat kodeksning 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 25,211-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Unga 2,5 yil davomida mansab lavozimlarida, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 10,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼatiga apellyatsiya/kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi maʼlum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sudining raisi Yu. E. muqaddam boshqa sud tomonidan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazo muddatini kamaytirishni vaʼda qilib, sudlangan shaxsning onasidan 30 000 AQSH dollari miqdordagi pullarni olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ushlangandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling