Valyuta kurslari 30/10/2025
$1 – 11990.53
UZS – -0,12%
€1 – 13959.38
UZS – -0,24%
₽1 – 150.71
UZS – 0,33%
Qidirish
Slovakiya Prezidenti amaliy tashrif bilan O'zbekistonga keldi

Slovakiya Prezidenti amaliy tashrif bilan O'zbekistonga keldi

 

Slovakiya Prezidenti amaliy tashrif bilan O'zbekistonga keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Slovakiya Respublikasi Prezidenti Peter Pellegrini bugun amaliy tashrif bilan O'zbekistonga keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Oliy martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Samarqand shahrida oliy darajadagi muzokaralar o'tkaziladi, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilinadi.

Shuningdek, Peter Pellegrini faxriy mehmon sifatida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ishtirok etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling