Sirdaryoda hajmi 100 mln m³ bo‘lgan “Sultonhovuz” suv ombori barpo etiladi
Sirdaryoda hajmi 100 mln m³ bo‘lgan “Sultonhovuz” suv ombori barpo etiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi yerlarining suv bilan taʼminlanishini oshirish maqsadida Boyovut tumanida hajmi 100 million kub metr bo‘lgan “Sultonhovuz” suv omborini qurish rejalashtirilgan. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgan Sirdaryo viloyati xalq deputatlari Kengashi sessiyasida maʼlum qilindi.
Bu orqali Boyovut, Guliston, Sayxunobod, Sirdaryo va Mirzaobod tumanlaridagi 110 ming gektarda yiliga 2 marta hosil olish imkoniyati yaratiladi.
Yerlarning meliorativ holatini saqlab turish uchun viloyatdagi 16 ming kilometr zovurlarni bosqichma-bosqich tozalash vazifasi qo‘yildi.
Viloyatdagi 200 ming gektarga yaqin ekin yerlari kuchli va o‘rta darajada sho‘rlangan. Sho‘rlangan yerlarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha pilot loyihani Sirdaryoda sinovdan o‘tkazib, natijasiga qarab, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqish topshirildi.
Masʼullarga Sirdaryo viloyatini suv resurslarini hisobga olish va oqilona foydalanish bo‘yicha namunali hududga aylantirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.