Sirdaryo viloyatida o‘quvchi sinfdosh qizini urdi
Sirdaryo viloyatida o‘quvchi sinfdosh qizini urdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchilar o‘rtasida sodir etilgan zo‘ravonlik holati aks etgan videoyozuv tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati izoh berdi.
Idora maʼlumotiga ko‘ra, voqea 31 mart kuni Sayxunabad tumanidagi maktablardan birida sodir bo‘lgan. Nizo jarayonida 11-sinf o‘quvchisi, M. M. bosh harflari bilan belgilangan yigit, o‘z sinfdoshi B. Sh.ga bir necha marta yuziga zarba berib, unga tan jarohati yetkazgan.
Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining bezorilik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi 277-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Vaziyat shuningdek Bolalar ombudsmani Surayyo Raxmonova nazoratiga olingan.