Sirdaryo viloyati Xitoy kompaniyalari bilan muhim sanoat tarmoqlaridagi hamkorlikni kengaytirmoqda
Sirdaryo viloyati Xitoy kompaniyalari bilan muhim sanoat tarmoqlaridagi hamkorlikni kengaytirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Sirdaryo viloyati hokimligida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Xitoy Xalq Respublikasining Zhuoya International, Henan Wanxin, Xiamen Pubiao Technology Group, Xitoy bio-injeneriya jamiyati, Sintszyan kichik va o‘rta biznesni tashqi bozorlarga chiqarish xizmatlari ittifoqi hamda «Jinchen» Sintszyan energetik texnologiyalarni rivojlantirish kompaniyasi rahbariyati va vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida logistika, savdo, elektrotexnika, qurilish sanoati hamda farmatsevtika sohalarida Sirdaryo viloyatida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.