Sirdaryo viloyati investorlar bilan aloqalarni kuchaytirmoqda

Sirdaryo viloyati investorlar bilan aloqalarni kuchaytirmoqda

Sirdaryo viloyati investorlar bilan aloqalarni kuchaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Asaka Motors International hamda Yashil Ferma JV LLC kompaniyalari vakillarini qabul qildi.

Uchrashuv davomida ular tomonidan viloyatda amalga oshirilayotgan loyihalarning bugungi holati, ish surʼati va investorlarga zarur bo‘lgan amaliy yordam masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Kompaniya vakillari loyihalar bosqichma-bosqich ilgarilayotganini qayd etib, davlat tomonidan yaratilayotgan qulay sharoitlar va ko‘makni alohida taʼkidlashdi. Shu bilan birga, kelgusida Sirdaryoda yana yangi loyihalarni ishga tushirish rejalari borligini bildirishdi.

Viloyat rahbari har bir loyiha natija berishi kerakligini, eng muhimi yangi ish o‘rinlari yaratish va qo‘shimcha qiymatni oshirish ustuvor vazifa ekanini taʼkidladi. Shuningdek, hokimlik tomonidan qonun doirasida investorlarga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatilishini bildirdi.

Sirdaryoda ish boshlagan investorlar uchun shart-sharoit bor. Endi eng muhimi tezlik va natija.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling