Sirdaryo viloyati hokimi Yaponiyada qishloq xo‘jaligi va quyosh energetikasi loyihalarini muhokama qildi
Sirdaryo viloyati hokimi Yaponiyada qishloq xo‘jaligi va quyosh energetikasi loyihalarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayni paytda Erkinjon Turdimov boshchiligidagi Sirdaryo viloyati delegatsiyasi Yaponiyaning poytaxti — Tokio shahrida xizmat safari bilan bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida qator yetakchi kompaniya va korporatsiyalar rahbarlari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, bugun kunning birinchi yarmida viloyat rahbari Momiki Co. Ltd., Farmdo Group hamda Altai Trading kompaniyalari rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi.
Uchrashuvlar davomida Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, Solar Farm loyihalarini amalga oshirish, shuningdek dukkakli ekinlar va boshqa agro mahsulotlarni Yaponiya bozorlariga eksport qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Muzokaralarda tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha aniq yo‘nalishlarni belgilab oldilar. Uchrashuvlar ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni yana-da mustahkamlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.