Sirdaryo viloyati Gonkong bilan iqtisodiy aloqalarni kengaytirmoqda
Sirdaryo viloyati Gonkong bilan iqtisodiy aloqalarni kengaytirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Erkinjon Turdimov Honkong shahrida Honkong Bosh Savdo Palatasi raisi Agnes Chan xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Sirdaryo viloyati delegatsiyasi hamda palata rahbariyati o‘rtasida hududlararo iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, Honkong Bosh Savdo Palatasi (HKGCC) — Honkongdagi eng yirik va nufuzli biznes tashkilotlardan biri bo‘lib, 1861 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda 2000 dan ziyod kompaniya va tashkilotlarni birlashtirgan holda xalqaro savdo, investitsiya va biznes muhitini rivojlantirishda muhim platforma vazifasini bajarmoqda.
Muloqot davomida transport va logistika, turizm, axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Honkong kompaniyalarini Sirdaryo viloyatiga jalb qilish hamda ikki hududning savdo-sanoat palatalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik o‘rnatish taklif etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni izchil rivojlantirish va aniq loyihalar asosida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.