Sirdaryo viloyati Gonkong bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

Sirdaryo viloyati Gonkong bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

Sirdaryo viloyati Gonkong bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Gonkong maxsus maʼmuriy hududi ijro hokimiyati rahbari Djon Li Kachiu bilan uchrashdi.

Uchrashuvda asosiy eʼtibor hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga qaratildi.

Tomonlar savdo-logistika, sanoat, innovatsiyalar, axborot texnologiyalari va turizm sohalarida o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, investitsiya kompaniyalari orqali mahalliy hamkorlar bilan birgalikda loyihalarni amalga oshirish, startaplar va sunʼiy intellekt sohasida hamda taʼlim yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hududlararo hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling