Sirdaryo viloyati delegatsiyasi Koreya Respublikasida amaliy tashrif bilan bo'lib turibdi
Sirdaryo viloyati delegatsiyasi Koreya Respublikasida amaliy tashrif bilan bo'lib turibdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayni kunlarda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligidagi tadbirkorlar va rasmiy vakillardan iborat delegatsiya Koreya Respublikasida xizmat safari bilan bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida Inchxon shahrida Inchxon Savdo-sanoat palatasi raisi Park Chubong bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, bugun delegatsiya a’zolari UCL hamda Evervolution kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida qator sohalarda o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.