Sirdaryo viloyati delegatsiyasi Afg‘oniston hokimiyati bilan savdo va investitsiyalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
Sirdaryo viloyati delegatsiyasi Afg‘oniston hokimiyati bilan savdo va investitsiyalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Erkinjon Turdimov rahbarligida Afg‘onistonda bo‘lib turgan viloyatimiz delegatsiyasi Kobul shahrida qator muhim uchrashuvlar o‘tkazdi.
Tashrif doirasida viloyat hokimi Kobul viloyati hokimi — Mavlaviy Aminuloh Ubayd, Afg‘oniston Savdo va investitsiyalar palatasi raisi — Said Karim Hoshimiy hamda Afg‘oniston Sanoat va savdo vaziri — Nuriddin Aziziy bilan muzokaralar olib bordi.
Uchrashuvlarda Afg‘oniston bozoriga sifatli oziq-ovqat mahsulotlari, un va don mahsulotlari, tekstil va tayyor kiyim-kechak, qurilish materiallari, kimyo sanoati, elektrotexnika hamda farmatsevtika mahsulotlarini yetkazib berish hajmini kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, ikki tomon tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish, logistika zanjirlarini samarali tashkil etish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi.
Ushbu tashrif Sirdaryo viloyatining eksport salohiyatini oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi bozorlar ochish hamda o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.