Sirdaryo va Tyanszin amaliy hamkorlikni kengaytirmoqda

Sirdaryo va Tyanszin amaliy hamkorlikni kengaytirmoqda

Sirdaryo va Tyanszin amaliy hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligidagi delegatsiyasining Xitoyga tashrifi doirasida amaliy uchrashuvlar va muhim kelishuvlar davom etmoqda.

Tyanszin shahri rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda hududlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, aniq loyihalarni jadallashtirish va o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

“Sirdaryo – Tyanszin savdo-iqtisodiy va investitsiya forumi” yuqori darajada tashkil etildi. Unda 700 ga yaqin xitoylik tadbirkorlar hamda 50 ga yaqin sirdaryolik ishbilarmonlar ishtirok etib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot va yangi kelishuvlar uchun samarali maydon yaratildi.

Tyanszin yengil sanoat kasbiy-texnologik kolleji bilan mutaxassislar tayyorlash, ilg‘or tajribalarni joriy etish va taʼlimni ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Sanoat va ishlab chiqarish yo‘nalishida bir qator kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazildi. Jumladan, sport anjomlari, qurilish materiallari, yengil sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Xitoylik kompaniyalar rahbarlari bilan o‘tkazilgan davra suhbatida Sirdaryo viloyatining investitsiya imkoniyatlari taqdim etildi. Qator kompaniyalar viloyatga tashrif buyurib, loyihalarni joyida o‘rganishga qiziqish bildirdi.

Tashrif doirasidagi har bir uchrashuv va kelishuvlar hududda yangi ishlab chiqarishlar, ish o‘rinlari va iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling