Valyuta kurslari 23/01/2026
$1 – 12136.92
UZS – 0,12%
€1 – 14191.70
UZS – 0,03%
₽1 – 159.99
UZS – 2,3%
Qidirish
Sirdaryo va Koreya o‘rtasida yangi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinmoqda

Sirdaryo va Koreya o‘rtasida yangi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinmoqda

Sirdaryo va Koreya o‘rtasida yangi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Koreya Respublikasining poytaxti — Seul shahrida o‘tkazilgan “Sirdaryoda biznes qiling” biznes-forumi doirasida Sirdaryo viloyati delegatsiyasi qator nufuzli koreyalik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Jumladan, Koreya onlayn import va eksport assotsiatsiyasi, 3H Korea, Tubestar Co, Arizon, Sysmate, Happy LNB, Gem Nanotechnology, OTTO, Filmax AMP hamda Toytron Co kompaniyalari bilan muzokaralar olib borildi.

Uchrashuvlar davomida ikki tomonlama manfaatli loyihalarni Sirdaryo viloyati hududida amalga oshirish, investitsiyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ishlab chiqarish hamda innovatsion yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, bugun viloyat rahbari Erkinjon Turdimov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Sun Moon Universityda ham bo‘lishdi. Unda Guliston shahrida ushbu universitetning filialini tashkil etish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Sirdaryo viloyati delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi davom etmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling