Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Sirdaryo va Balx o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayni paytda Afg‘onistonda bo‘layotgan tashrif doirasida Erkinjon Turdimov Balx viloyati rahbari Muhammad Yusuf Vafo bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida ikki hudud o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar konstruktiv muloqotni davom ettirish va amaliy hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.