Sirdaryo-Foshan forumi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaydi
Sirdaryo-Foshan forumi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaydi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyning Foshan shahrida “Sirdaryo – Foshan savdo-iqtisodiy va investitsiya forumi” bo‘lib o‘tdi. Ushbu forum hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yana-da mustahkamlash va investitsiyalarni jalb qilishga xizmat qildi.
Forumda 300 dan ortiq xitoylik kompaniyalar, qariyb 50 nafar sirdaryolik tadbirkorlar hamda rasmiy vakillar ishtirok etdi. Uchrashuvlar davomida sanoat, agrar va logistika sohalaridagi imkoniyatlar, erkin iqtisodiy zonalardagi sharoitlar va investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar taqdim etildi.
Muzokaralar markazida aniq loyihalar va amaliy natijalar. Yangi ishlab chiqarish quvvatlari va ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan tashabbuslar ilgari surildi.
Sirdaryo investitsiyalar uchun ochiq va ishonchli hudud sifatida o‘zini yana bir bor namoyon etdi.