Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
“Sirdaryo” bojxona postida zamonaviy ko‘rikdan o‘tkazish kompleksi ishga tushirildi

“Sirdaryo” bojxona postida zamonaviy ko‘rikdan o‘tkazish kompleksi ishga tushirildi

“Sirdaryo” bojxona postida zamonaviy ko‘rikdan o‘tkazish kompleksi ishga tushirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlatimiz Rahbarining bojxona sohasiga qaratayotgan yuksak e’tibori chegara-bojxona postlarining zamonaviy texnologiyalar asosida qayta jihozlash orqali bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlariga sarflanadigan vaqtni qisqartirishda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Ayniqsa, tashqi savdo yuklari ortilgan avtotransport vositalari eng ko‘p harakatlanadigan “Sirdaryo” chegara bojxona postiga ham “Z-Portal” zamonaviy inspeksion ko‘rik majmuasining o‘rnatilgani endilikda bojxona postining o‘tkazuvchanligini oshirish bilan bir qatorda bojxona rasmiylashtiruviga sarflanadigan vaqtni qisqartiradi, bojxona nazorati samaradorligini esa bir necha barobarga oshiradi.

Ta’kidlash joizki, post orqali joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida 84 mingga yaqin yuk avtotransport vositalari harakatlangan bo‘lib, bu kuniga o‘rtacha 350-400 ta transport vositasini tashkil qiladi.

Skaner qurilmasi AQShning nufuzli “Rapiscan” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, uni o‘rnatish jarayonida bevosita ushbu kompaniya mutaxassislari ham ishtirok etishdi.

Inspeksion qurilmasi kam quvvatli rentgen uskunasi bo‘lib, undan taraladigaan nur ortga qaytish texnologiyasi asosida ishlaydi. Shu boisdan ham haydovchilar va yo‘lovchilar uchun zararsiz.

Rentgen nurlari ko‘magida transport va undagi obektlarni har tomondan va 5 mm gacha qalinlikdagi po‘lat ortidan ham tasvirga olish imkonini beradi. Bu transport vositalarining hattoki ko‘z ilg‘amas bo‘shliqlariga ham shubhali obyektlar yashirilganini ko‘rsatib bera oladi.

Bu esa narkotik moddalar, qurol-arog‘ va o‘q dorilar hamda olib o‘tilishi ta’qiqlangan boshqa tovarlarni aniqlashda bojxona xodimlariga katta yordam beradi.

Qurilma ko‘magida soatiga 200-220 ta transport vositalarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish mumkin. Bu esa post orqali harakatlanayotgan transport vositalarining bojxona nazoratiga sarflanadigan vaqtni yanada qisqartiradi, jarayonlarni tezlashtiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling