Valyuta kurslari 31/03/2026
$1 – 12210.71
UZS – 0,12%
€1 – 14036.21
UZS – -0,09%
₽1 – 150.36
UZS – 0,43%
Qidirish
Sindarov Nomzodlar turnirida Blyubaum bilan durang o‘ynadi

Sindarov Nomzodlar turnirida Blyubaum bilan durang o‘ynadi

Sindarov Nomzodlar turnirida Blyubaum bilan durang o‘ynadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Nomzodlar turnirining ikkinchi partiyasini durang bilan yakunladi. U nemis grossmeysteri Mattias Blyubaumga qarshi bahs olib bordi. Uyin davomida Blyubaum ishonchli himoya taktikasini qo‘lladi va partiya boshidanoq sokin ruhda kechdi.

Dastlabki bosqichda Sindarov ustunlikka ega bo‘lish imkoniyatiga ega edi, ammo u ehtiyotkor rivojlanish yo‘lini tanladi. Bu esa raqibiga pozitsiyani tenglashtirish imkonini berdi. Keyingi jarayonda har ikki shaxmatchi ham jiddiy tavakkallardan qochib, ehtiyotkor harakat qildi va partiya o‘rtasiga kelib vaziyat tenglashdi. Bir qator almashinuvlardan so‘ng uchrashuv 42-yurishda durang bilan yakunlandi.

Ikki tur yakunlariga ko‘ra, Sindarov 1,5 ochko to‘pladi. Keyingi turda u jadval yetakchiligiga daʼvogar bo‘lgan hindistonlik grossmeyster Rameshbabu Pragnanandhaga qarshi maydonga tushadi.

Avvalroq Sindarov turnirni muvaffaqiyatli boshlab, birinchi turda Andrey Yesipenkoni mag‘lub etgan edi. Nomzodlar ayollar turnirida esa ikkinchi turning barcha partiyalari ham durang bilan yakunlandi.

Nomzodlar turniri 29 martdan 15 aprelga qadar Kiprda bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa g‘olibi amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi jahon chempionilik uchun o‘ynash huquqini qo‘lga kiritadi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling