Valyuta kurslari 02/10/2025
$1 – 12084.10
UZS – 0,14%
€1 – 14197.61
UZS – 0,4%
₽1 – 146.72
UZS – 0,74%
Qidirish
Sidneyda Rubicon Water kompaniyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Sidneyda Rubicon Water kompaniyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Sidneyda Rubicon Water kompaniyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasining Avstraliyaga tashrif dasturi doirasida irrigatsiya tizimlarini raqamlashtirish va samaradorligini oshirishga ixtisoslashgan “Rubicon Water” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

“Rubicon Water” — keng ko‘lamli sug‘orish tizimlari uchun ilg‘or raqamli yechimlarni ishlab chiqaruvchi yetakchi Avstraliya kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya gravitatsiya yordamida ishlaydigan kanal tizimlarini modernizatsiya qilish uchun avtomatlashtirilgan shlyuzlar, oqim o‘lchagichlar va aqlli dasturiy ta’minot kabi zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqmoqda. Ushbu vositalar suv oqimlarini real vaqt rejimida aniq boshqarish va nazorat qilish imkonini yaratib, suvdan foydalanish samaradorligini oshiradi va isrofgarchilikni keskin kamaytiradi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiya tizimlarini avtomatlashtirish va yuqori texnologiyalarga asoslangan yechimlarni joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tomonlar suv xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shma loyihalar, shuningdek, mahalliy mutaxassislar uchun o‘quv dasturlari va tajriba almashish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish masalalarida hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling