Valyuta kurslari 06/02/2026
$1 – 12279.48
UZS – 0,11%
€1 – 14508.21
UZS – 0,11%
₽1 – 159.25
UZS – 0,11%
Qidirish
Shveytsariyaning Bartholet kompaniyasi Namangan viloyatida kanat yo'llari qurishni taklif qildi

Shveytsariyaning Bartholet kompaniyasi Namangan viloyatida kanat yo'llari qurishni taklif qildi

Shveytsariyaning Bartholet kompaniyasi Namangan viloyatida kanat yo'llari qurishni taklif qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Shveysariyaning “Bartholet” kompaniyasi rahbariyati Namanganda kanatli yo‘llar qurish taklifi bilan keldi.

“Bartholet” – Shveysariyaning mashhur kompaniyasi bo‘lib, asosiy faoliyati kanatli yo‘llar, gondolalar hamda maxsus mexanik transport tizimlarini loyihalash, ishlab chiqarish, o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan. Ayni yo‘nalishda “Kalitga tayyor” loyiha yechimlarigacha bo‘lgan tizimda ish tashkil etib, yuqori xavfsizlik standartlari, innovatsion texnologiyalar va barqaror rivojlanish tamoyillariga asoslanadi.

“Bartholet” kompaniyasi Bosh ijrochi direktori Markus Menzi boshchiligidagi delegatsiya yangi loyihalar bo‘yicha takliflar bilan viloyatimizga keldi.

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov xorijiy kompaniya vakillarini qabul qildi.

O‘zaro muloqotda “Kamchik” dovoni hamda “Arashan ko‘li” atrofida zamonaviy, jahon standartlari talablariga javob beradigan kanatli yo‘llar barpo etish masalasi muhokama qilindi. Xorijiy kompaniya ko‘p yillik tajribalariga asoslanib, ushbu yo‘nalishda yangi loyihalarni taqdim etadigan bo‘ldi.

- Men Namanganga kelajakdagi loyihalarni rivojlantirish va o‘rganish maqsadida keldim. Namangan viloyati hokimi bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘lganim men uchun katta sharaf. Shuningdek, ushbu mamlakat va hudud yaqin kelajakda taqdim etayotgan barcha imkoniyatlarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rish men uchun juda muhim. Biz turizmni rivojlantirish sohasida mutaxassismiz va kelgusi bir necha yil ichida ushbu hududda amalga oshiriladigan barcha rivojlanish jarayonlarida ishtirok etishni istaymiz, - dedi Markus Menzi.

Ayni vaqtda xorijlik ishbilarmonlar joylarga chiqib, yangi loyihalar taklifi uchun mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling